Sankt-Peterburgda Yangi yil 2026: qayerda kutib olish va qishki ta’tilni unutilmas o‘tkazish
Sankt-Peterburgning Yangi yil-2026 bayram dasturi — shahar bo‘ylab sehrli muhit, yorqin tadbirlar va qish mavsumining eng yaxshi voqealari. Yangi yil kanikulalarida shahar mehmonlarga ko‘plab kutilgan sovg‘alarni taqdim etadi: shovqinli yarmarkalar, muz maydonchalari, eng chiroyli bayram maskanlari va Yangi yil kayfiyatidagi konsertlar. Ushbu qo‘llanmada Yangi yil kechasini qayerda o‘tkazish va qishki dam olishni qanday mazmunli tashkil qilish haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Sankt-Peterburgda Yangi yilni qayerda kutib olish mumkin?
Agar Yangi yil kechasini noodatiy tarzda nishonlamoqchi bo‘lsangiz, ekskursiyani tanlashingizni tavsiya qilamiz — qanday qaraysiz?
Yangi yil kechasi–2026: bayramona sayohatda kutib olish
EASYBOOKING aynan qish mavsumi uchun sizga maxsus Yangi yil gidini taqdim etadi — bu oddiy marshrut emas, balki Sankt-Peterburgda Yangi yilni haqiqiy go‘zallikda kutib olishga ilhom beradigan hikoya. Biz shaharni aynan shu kechada o‘zining eng jozibali ko‘rinishida namoyon etadigan maskanlarni jamladik. Dvortsovaya maydonidagi chiroqlar uyg‘onadi, ertak qahramonlari paydo bo‘ladi, qish bayramining musiqasi yangraydi — va Yangi yilgi Peterburgning o‘zi sizning sayohatingizning bosh qahramoniga aylanadi.
Rojdestvoni tungi ekskursiyada kutib olish
Rojdestvoni shahar bayramona muhitida kutib olishga taklif qilamiz. Ushbu maxsus Rojdestvo ekskursiyasi yiliga atigi bir marta o‘tkaziladi va shaharning eng sehrli ko‘rinishini ko‘rish imkonini beradi. Sizni yonib turgan markaz bo‘ylab avtobusdagi sayohat, asosiy ibodatxonalar yonidagi to‘xtashlar va Rojdestvo xizmatida ishtirok etish kutadi.
Bu — Rojdestvo ruhiga sho‘ng‘ish va kechani iliq, quvonchli muhitda o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat.
Yangi yil kechasi–2026 Dvortsovaya maydonida: bayram dasturi
Shahar bosh maydonidagi balandligi kamida 20 metrli archa mehmonlarga iliqlik ulashadi. Uni shchelkunchiklar, uychalar, otlar, konfetlar va boshqa ertakcha bezaklar bilan bezatish rejalashtirilgan. Bayram dasturi esa interaktiv kostyumli shou bilan boyitilgan.
31 dekabr kuni Zimniy saroyi yonida Yangi yilni kutib olishning taxminiy dasturi:
20:00 — Dvortsovaya maydonidagi interaktiv dastur
21:00 — Yorug‘lik shousi. Gvardiya shtab korpusi devorlarida qishki ertak syujetlari jonlanadi. Installyatsiyalar 1 yanvar tongi soat 03:00 gacha ishlaydi.
23:00 — Eski yilni kuzatish marosimi
00:00 — 2026 yilning boshlanishi. Prezidentning murojaati translyatsiyasi
00:05 — Bayram tadbirlarining davom etishi
Sankt-Peterburg markazidagi Yangi yil maskanlari
Shahar Yangi yil va Rojdestvoni haqiqiy ertak ruhida kutib olishga tayyorlanmoqda. Markaziy tumanlar yorqin yoritilgan kompozitsiyalar bilan bezatiladi, tarixiy ko‘priklar va sohilbo‘ylar esa sehrli manzaralarga aylanadi.
Isaakiyevskaya, Dvortsovaya va boshqa asosiy maydonlarda bayram archalari barpo etiladi. Isaakiyev sobori qarshisidagi Ko‘k ko‘prik esa yorug‘lik arkalaridan iborat “archa o‘rmoni”ga aylantiriladi — suratga tushish va sayr qilish uchun ideal joy.
Shahar bo‘ylab daraxtlarda yulduzlar, oltin va kumush sharlardan iborat bezaklar paydo bo‘ladi, ko‘chalar esa bayramona arkalar, favvoralar va yorqin kompozitsiyalar bilan bezatiladi.
Yangi yil kayfiyati uchun Sankt-Peterburgning eng yaxshi muz maydonchalari
Yangi yil davrida shahar muz maydonchalari bilan yanada jonlanadi. Bu yerda siz chiroqlar porlashi, musiqa va qishki installyatsiyalar orasida dam olishingiz mumkin. Muz maydonchalari seanslar bo‘yicha ishlaydi, konkilar ijarasi va issiq dam olish zonalarini taklif qiladi.
New Holland (Novaya Gollandiya)
Maydoncha noyabr o‘rtalaridan martgacha ochiq. Bu yerda issiq galereya, oqshomgi musiqa va “Butylka” hovlisidagi Yangi yil bozori mavjud. Hudud bayramona yorug‘lik bilan bezatilgan.
Flagstok maydonidagi muz maydonchasi
Katta maydon, ko‘rfaz manzarasi, muz disko shoulari, fukort va fotomaydonchalar bilan — faol va bayramona dam olish uchun a’lo variant.
“Brusnitsyn” kvartali
“Seyrli shimoliy yorug‘lik” effektini beruvchi lazer yoritilishi bilan mashhur. Issiq pavilyon va tomdagi kuzatuv maydonchasiga ega.
Agar ushbu bayramona manzara sizni ilhomlantirgan bo‘lsa…
Biz siz uchun maxsus Yangi yil turini tayyorladik — Yangi yilni chiroyli, qulay va hech qanday tashvishsiz kutib olishni xohlovchilar uchun mukammal yechim.
Bu — 4 kechalik puxta ishlab chiqilgan marshrut: qulay parvoz, shinam mehmonxona, nonushta, transferlar va ekskursiyalar. Dasturga Peterhof, Tsarskoye Selo va qishki shaharning eng yorqin maskanlari kiradi. Siz o‘zingizning ritmingizda sayr qilasiz, biz esa butun tashkiliy jarayonni o‘z zimmamizga olamiz.
Yangi yilni orzu qilganingizdek o‘tkazish imkoniyatini boy bermang.
1240 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki saytimiz orqali tur va aviabiletlarni hoziroq bron qiling.
Qorli ertakka aylanuvchi shaharda Yangi yilingizni boshlang.
EASYBOOKING bilan bu — oson, qulay va haqiqiy bayramona bo‘ladi.

