Dubayda bepul ko’ngilochar imkoniyatlar: xarajatsiz qiziqarli joylar
Dubay o‘zining hashamati bilan mashhur, ammo bu yerda ham ko‘plab bepul ko’ngilochar imkoniyatlarni topish mumkin. Shahar ajoyib manzaralar, noyob diqqatga sazovor joylar va pul to‘lash shart bo‘lmagan madaniy tadbirlarni taklif etadi. EASYBOOKING Dubayda hech qanday xarajatlarsiz ajoyib vaqt o‘tkazish mumkin bo‘lgan joylar ro‘yxatini tayyorladi!
1. Burj Xalifa yonidagi favvoralar tomoshasi
Dunyodagi eng mashhur suv tomoshasi har kuni Burj Xalifa etagida o‘tkaziladi. Musiqa sadolari ostida raqsga tushayotgan suv oqimlari ajoyib manzara yaratadi.
O‘tkazilish vaqti: Har kuni, har yarim soatda, soat 18:00 dan 23:00 gacha.
Qanday borish mumkin: Metro bilan Burj Khalifa/Dubai Mall bekatigacha, so‘ng Dubai Mall orqali piyoda.
2. Al-Fahidiy tumani bo‘ylab sayr
Al-Fahidiy tarixiy mahallasi - bu eski Dubayning tor ko‘chalari, paxsa uylari va neft bumidam oldingi amirliklar hayotidan so‘zlab beruvchi muzeylari joylashgan hududdir.
Qanday borish mumkin: Metro bilan Al Fahidiy bekatigacha, keyin piyoda.
3. La-Mer tumaniga tashrif
Bu zamonaviy sohil tumani bo‘lib, u yerda sohil bo‘yi yo‘lagi, grafittilar, san’at ob’yektlari va shinam kafelar mavjud. Sayr qilish va suratga tushish uchun ajoyib joy.
Qanday borish mumkin:C10 avtobusida yoki taksida.
4. Dubay markazidagi galereya – Dubai Design District
San’at ixlosmandlariga muntazam ravishda ko‘rgazmalar, installyatsiyalar va san’at tadbirlari o‘tkaziladigan Dubai Design District (d3) hududi manzur bo‘ladi.
Qanday borish mumkin: Metro bilan Burj Khalifa/Dubai Mall bekatigacha, so‘ngra taksi orqali.
5. Burj Xalifadagi ajoyib nurli tomoshasi
Har kuni kechqurun dunyodagi eng baland minora - 828 metr balandlikdagi Burj Xalifaning tashqi qismi ajoyib vizual effektlarga ega ulkan ekranga aylanadi.
O‘tkazilish vaqti: Har kuni, har soatda yoki yarim soatda (hafta kuniga qarab), 18:15 yoki 18:45 dan 23:00 gacha.
Qanday borish mumkin:Metro bilan Burj Khalifa/Dubai Mall bekatigacha.
6. Dubai Marina bo‘ylab piyoda sayr
Dubai Marina qirg‘og‘i bo‘ylab sayr osmono‘par binolar, hashamatli yaxtalar va go‘zal quyosh botishi manzaralarini ko‘rish imkonini beradi.
Qanday borish mumkin: Metro bilan DMCC yoki Dubai Marina bekatigacha, so‘ngra piyoda.
7. Deyradagi ziravorlar va oltin bozori
Bu yerda sharqona bozor muhitiga sho‘ng‘ish, Sharq madaniyatidan ilhomlanib, oltin buyumlar va noyob ziravorlarni tomosha qilish mumkin.
Qanday borish mumkin: Metro bilan Al Ras bekatigacha, so‘ngra piyoda.
8. Bluewaters oroli bo‘ylab sayr va Ain Dubai manzarasi
Bluewaters Island - dunyodagi eng katta charxpalak Ain Dubai manzarasiga ega ko‘ngilochar oroldir.
Borish yo‘li: JBR2 gacha tramvayda, so‘ng ko‘prikdan piyoda o‘tish.
9. Ras al-Xor qo‘riqxonasi
Shahar ichidagi bu tabiiy qo‘riqxona qush ishqibozlari uchun jannatdir. Bu yerda pushti flamingolar va boshqa noyob qushlarni kuzatish mumkin.
Ish vaqti: 07:30 dan 17:30 gacha.
Borish yo‘li: Taksi yoki shaxsiy avtomobilda.
10. Dubai Festival City’dagi yorug‘lik shousi
Har oqshom Festival City’da Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan maftunkor yorug‘lik, lazer va suv shousi namoyish etiladi.
O‘tkazilish vaqti: Har kuni, har yarim soatda, 18:00 dan 22:00 gacha.
Borish yo‘li: Metroda Creek bekatiga, so‘ng taksida.
Ko‘rib turganingizdek, Dubai har kim uchun qulay bo‘lishi mumkin! Bu yerda shahar muhitidan mutlaqo bepul bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan joylar doimo mavjud.
EASYBOOKING bilan ta’tilga chiqish vaqti keldi - hoziroq eng qulay narxda Dubaiga sayohatni band qiling!

