Turkiyaning eng go‘zal 10 ta plyaji
Turkiya o‘zining musaffo plyajlari, moviy dengizi va maftunkormanzaralari bilan mashhur. Ushbu maqolada mamlakatning tashrifbuyurishga arzigulik 10 ta eng sara plyajlarini jamladik.
1. Kaputash (Antaliya)
Xususiyatlari: Tik qoyalar orasiga yashiringan bu plyaj Turkiyaningeng go‘zal plyajlaridan biri sanaladi. Oppoq qumga uyg‘unlashganyorqin moviy suv ajoyib manzara hosil qiladi. Plyaj kichik bo‘lsa-da, ovloq joylashgani tufayli odatda gavjum bo‘lmaydi.
Joylashuvi: Kash va Kalkan oralig‘ida
Kirish: bepul
Ish vaqti:10:00 - 17:00
2. Patara (Antaliya)
Xususiyatlari: Turkiyaning enguzun plyaji - 18 km tillarang qum va billur suv. Bu joy nafaqat dam olish, balki tarix bilan tanishish uchun ham qulay: yaqinida qadimiyPatara shahri xarobalari joylashgan. Bundan tashqari, plyaj noyobdengiz toshbaqalari tuxum qo‘yadigan joy sifatida mashhur, shu boisayrim hududlarga kirish cheklangan.
Joylashuvi: Kashdan 40 km uzoqlikda
Kirish: 55 TL (taxminan 1.5 $)
Ish vaqti: 07:00 - 19:00
3. Olyudeniz (Fetxiye)
Xususiyatlari: Bu moviylaguna sohili Turkiyaning tashrif qog‘ozidir. Tinch suvi uni cho‘milishuchun ajoyib joyga aylantiradi, sarguzasht ishqibozlari esa deltaplanuchishini sinab ko‘rishlari mumkin - balandlikdan manzara g‘oyatgo‘zal. Olyudeniz mamlakatning eng ko‘p suratga olinadigan joylaridanbiridir.
Joylashuv: Fetxiyedan 15 km uzoqlikda
Kirish: 73 TRY (taxminan 2 $)
Ish vaqti: 24 soat
4. Chirali (Antaliya)
Xususiyatlari: Turkiyaning eng sokin va xilvatroq sohillaridan biri. Bu yerda shovqinli mehmonxonalar va barlar yo‘q, faqat tabiat, musaffodengiz va kichik eko-bungalolar mavjud. Yaqin atrofda qadimiyOlimpos shahri va mashhur "Yonayotgan toshlar" - yerdan tabiiy gazchiqadigan ajoyib joy joylashgan.
Joylashuv: Olimpos yaqinida
Kirish: bepul (shezlonglar uchun to‘lov alohida)
Ish vaqti: 24 soat
5. Ichmeler (Marmaris)
Xususiyatlari: Bu oilaviy dam olish uchun qulay sohil bo‘lib, suvgakirish oson va qumi yumshoq. Bu yerda kuchli to‘lqinlar kamdan-kamuchraydi, atrofda esa yoqimli soya beradigan qarag‘aylar o‘sadi. Bu joy snorkling uchun juda mos keladi.
Joylashuv: Marmarisdan 8 km uzoqlikda
Kirish: bepul
Ish vaqti: 24 soat
6. Клеопатры (Алания)
Xususiyatlari: Bu plyaj o‘zining afsonasi bilan mashhur: rivoyatlargako‘ra, bu yerdagi qum Kleopatra farmoyishi bilan Misrdan keltirilganekan. Bu yerda suv har doim billurdek toza, infratuzilma esa yuqoridarajada rivojlangan – ko‘plab kafelar, soyabonlar va shezlonglarmavjud.
Joylashuv: Alanya markazi
Kirish: bepul (ikkita shezlong va bir soyabon - 210 TRY ~ 6 USD)
Ish vaqti: kun-u tun
7. Kapalaklar vodiysi (Fethiye)
Xususiyatlari: Bu Turkiyaning eng go‘zal joylaridan biri hisoblanadi. Plyaj baland qoyalar bilan o‘ralgan daradan iborat bo‘lib, bu yerga faqatqayiq orqali yetib borish mumkin. Vodiy nomi bu yerda yashayotganko‘plab noyob kapalaklar tufayli shunday atalgan.
Joylashuv: Olyudenizdan 10 km uzoqlikda
Kirish: 110 TRY (~3 USD)
Ish vaqti: kun-u tun
8. Turunch (Marmaris)
Xususiyatlari: Moviy suvli va ajoyib manzarali kichik, shinam ko‘rfaz. Bu yerda shovqinli kechalar bo‘lmagani uchun, plyaj oilaviy dam olishuchun juda qulay.
Joylashuv: Marmarisdan 20 km uzoqlikda
Kirish: bepul
Ish vaqti: kun-u tun
9. Gumbet (Bodrum)
Xususiyatlari: Bu plyaj yoshlar uchun juda qulay. Kunduzi bu yerda dengiz va quyoshdanrohatlanish, kechqurun esa ko‘plab barlar yoki tungi klublardan birigatashrif buyurish mumkin.
Joylashuvi: Bodrum markazidan 3 km uzoqlikda
Kirish: bepul
Ish vaqti: 24 soat
10. Qoraburun (Izmir)
Xususiyatlari: Bu Turkiyaning yashirin durdonasi – tinch, xilvat vabillur suvli plyaj. Suvi nihoyatda tiniq bo‘lgani uchun snorkling uchunajoyib joy hisoblanadi.
Joylashuvi: Izmirdan 90 km uzoqlikda
Kirish: bepul
Ish vaqti: 24 soat
Foydali ma’lumotlar
● Qaysi payt borgan ma’qul? - May–oktyabr oylari, biroq iyul-avgustda mashhur joylarda odam ko‘p bo‘ladi.
● Qanday yetib borish mumkin? - Ko‘pchilik plyajlarga avtobusdaborsa bo‘ladi yoki mashina ijaraga olish mumkin.
● O‘zim bilan nimalarni olishim kerak? - Toshli plyajlar uchunmaxsus oyoq kiyimi, quyoshdan himoyalovchi krem va snorklingniqobi.
EASYBOOKING yordamida o‘zingizga mos plyajni tanlang vaTurkiyada hordiq chiqarishdan bahramand bo‘ling!

