Havoda odob: samolyotda o‘zingizni qanday tutish kerak
Samolyot — bu oddiy transport vositasi emas. Bu yopiq makon bo‘lib, siz o‘nlab (ba'zan esa yuzlab) boshqa yo‘lovchilar bilan yonma-yon bo‘lasiz. Bu yerda xushmuomalalik, ongli xatti-harakat va atrofdagilarga hurmat ayniqsa muhim. Uchish muddati atigi 3–4 soat bo‘lsa ham, bu vaqtning qulayligi ko‘p jihatdan sizning o‘zingizni qanday tutishingizga bog‘liq.
Quyida samolyotdagi noqulay vaziyatlardan qochish, ekipaj bilan yaxshi munosabat o‘rnatish va parvozni iloji boricha xotirjam o‘tkazish uchun asosiy qoidalar jamlangan.
1. Ekipaj ko‘rsatmalariga diqqat bilan quloq tuting
Styuardlar va styuardessalar faqat ichimlik tarqatadigan xodimlar emas — ular favqulodda holatlarda harakat qilish bo‘yicha malakali mutaxassislar bo‘lib, bortdagi barcha yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun javobgardirlar. Ularning iltimoslari, hatto tabassum bilan aytilgan bo‘lsa ham, qoidalarga asoslangan. Masalan, telefonni o‘chirish, xavfsizlik kamarini taqish, qo‘nish paytida o‘rindiq suyanchig‘ini tik holatga keltirish — bularning barchasi sizning xavfsizligingizni ta'minlash uchun muhimdir.
Agar sizga ayrim ko‘rsatmalar tushunarsiz bo‘lib tuyulsa, esda tuting: ular xalqaro aviatsiya qoidalariga asoslangan bo‘lib, parvozingizni xavfsiz va xotirjam o‘tkazishga qaratilgan. Bu qoidalarga hurmat bilan yondashish — umumiy qulaylik va madaniyatli parvoz garovidir.
2. Ekipaj a’zolariga qanday murojaat qilish kerak
Ekipaj a’zolariga xushmuomalalik bilan va sokin ohangda murojaat qilish har doim eng yaxshi tanlovdir. Masalan: «Kechirasiz» yoki «Iltimos, yordam bera olasizmi?» kabi iboralar ayni muddao. Barmoqlarni shitillatish yoki butun qator bo‘ylab baqirish — bu nojoiz va boshqalarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Maxsus chaqiruv tugmasi aynan zarur holatlar — suv so‘rash yoki sog‘lig‘ingiz yomonlashganda — uchun mo‘ljallangan.
Yana bir muhim jihat: ekipaj xodimlari sizning bagajingizni ustki javonga joylashtirishga majbur emaslar. Bu har bir yo‘lovchining shaxsiy javobgarligi hisoblanadi. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, iltimos bilan murojaat qiling — imkoniyat bo‘lsa, sizga albatta yordam berishadi. Muloyimlik va hurmatli muomala samimiy parvoz muhitini yaratadi.
3. Bagaj — yo‘lak bo‘sh bo‘lishi shart
Sizning buyumlaringiz yoki oldingizdagi o‘rindiq ostida, yoki yuqoridagi javonda bo‘lishi kerak. Yo‘lakda rasmiy joy bo‘lmagan sumkalarni qoldirmang — bu boshqalarga halal beradi va xavfsizlikka zid.
O‘zingizning buyumlaringizni begona joyga joylashtirmang. Yuqori javonlar hammaga umumiy hisoblanadi.
4. Shaxsiy hudud — juda muhim
Quyidagilarga e’tiborli bo‘ling:
– Kursini keskin orqaga surmang, ayniqsa orqadagi kishi ovqatlanyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa.
– Boshqa yo‘lovchilarning ekranlariga, boshlariga yoki podlokotniklariga tegmang.
– Uchta qatordan oshib suhbatlashmang — sizning ovozingizni butun salon eshitadi.
5. Uxlayotganingizda ham atrofdagilarni unutmang
Uxlash — yaxshi, lekin bu sizni butunlay ajratmaydi. Yon qo‘shningizning yelkasi ustiga qulamang, stolni ochiq holatda qoldirmang, baland ovozda xirillamang.
Uzoq parvozlar uchun maxsus yostiq, quloqchin va niqob oling. Qulay holatni tanlang, lekin boshqalarni bezovta qilmaslikka harakat qiling.
6. Gigiyena — oddiy, lekin muhim
E'tibor bering:
– Poyabzalingizni yechmang, ayniqsa paypoqlar bilan. Bu boshqalarga noqulaylik tug‘diradi.
– Kuchli hidli atir yoki krem ishlatmang.
– Sochingizni taramang, tirnoqlaringizni parvarish qilmang — bu joy hammom emas.
– Agar o‘zingiz bilan ovqat olib kelgan bo‘lsangiz — hidsiz mahsulotlarni tanlang. Tuxum, sarimsoq, baliq — yopiq joyda noqulaylik tug‘diradi.
7. Tinchlik va shaxsiy makonni hurmat qiling
Agar suhbat qurmoqchi bo‘lsangiz — oldin qarshingizdagi odam bunga tayyormi, yo‘qmi, tushunishga harakat qiling. Juda shaxsiy yoki baland ovozli suhbatlar boshqa yo‘lovchilarga xalaqit berishi mumkin. Parvoz — bu dam olish, o‘qish yoki jim bo‘lish uchun eng yaxshi vaqt.
8. Ko‘ngilochar dasturlar — faqat quloqchin bilan
Film tomosha qilmoqchimisiz? Musiqa tinglayapsizmi? O‘yin o‘ynayapsizmi?
Faqat quloqchin bilan. Hech kim sizning telefoningizning baland ovozini eshitishni istamaydi. Bolalar bilan sayohat qilsangiz — multfilm va quloqchinlarni oldindan tayyorlang.
9. Bolalar bilan parvoz — qanday tayyorlanish kerak
Agar siz bola bilan uchayotgan bo‘lsangiz, faqat bola haqida emas, balki boshqa yo‘lovchilar haqida ham o‘ylang. O‘yinchoqlar, oziq-ovqat, yostiq va adyol oling. Taglikni parvozdan oldin almashtiring. Bola bezovta bo‘lishi mumkin — bu tabiiy. Muhimi, siz harakat qilayotganingizni boshqalar ko‘rsa.
10. Qo‘nishdan so‘ng — sabrli bo‘ling
Samolyot qo‘ngani bilan turish mumkin degani emas. “Belbog‘ taqing” belgisi o‘chmaguncha o‘rningizdan turmang. Boshqalar turgani bilan siz ham shoshilmang — bu xavfsizlik talablariga ziddir.
Eshik har doim qatorma-qator ochiladi. Sizga navbat yetadi — samolyot hech qayerga ketmaydi.
11. O‘tirgan joyni o‘zgartirmoqchimisiz? Avvalo so‘rang
Bo‘sh joy ko‘rinishi mumkin, lekin u boshqa yo‘lovchiga tegishli bo‘lishi ehtimol. Yaxshisi — buni borta ishlovchi xodimdan so‘rang. U sizga yordam beradi va noqulayliklarning oldini oladi.
Samolyot — bu umumiy makon. Bu yerda hammaning qulayligi bir-biriga bog‘liq. Oddiy odob qoidalari parvozni yanada yoqimli qiladi. Agar siz ko‘p sayohat qilsangiz — bu madaniyatga sizning hissangiz. Agar birinchi marta bo‘lsa — ushbu yo‘riqnomani esda tuting.
Sayohatga tayyormisiz?
Eng yaxshi chiptalar, mehmonxonalar va yo‘nalishlarni tanlab beramiz — shunchaki 1240 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

